Menedjer lavozimi bo'yicha bo'sh ish o'rni
28 Декабря 2024
Город:
Самарканд
Занятость:
Полная занятость
Опыт:
Нет опыта
Компания "HAYOT YO'LI EDUCATION"
Biz haqimizda:
"Hayot yo'li" kompaniyasi 2018-yildan beri va talabalarni Rossiya, Koreya, Xitoy kabi mamlakatlarning 40+ yetakchi universitetlariga joylashtirishda yordam bermoqda. 5000 dan ortiq talabalar biz orqali tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biz iste'dodli va natijaga intiluvchi menedjerlarni o'z jamoamizga taklif qilamiz!
Lavozim: Menedjer
Ish joyi: Bulvar, Garant bankni oldida
Ish vaqti: 09:00–18:00, yakshanba dam olish kuni
Oylik maosh: 3,000,000 - 12,000,000 UZS (tajriba va ishiga qarab, bonuslar bilan)
Majburiyatlar:
Mijozlar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini tushunish va yechim taklif qilish;
Universitetlarga kirish bo'yicha maslahat berish, hujjatlar tayyorlash jarayonini boshqarish;
CRM tizimida (Bitrix24) mijozlar bazasini yuritish;
Mijozlarni jalb qilish va reklama kampaniyalarini muvofiqlashtirish (ijtimoiy tarmoqlar orqali);
Hujjatlar va to'lov jarayonlarini nazorat qilish.
Biz kimni qidiryapmiz?
energiyaga boy, natijaga yo'naltirilgan mutaxassislar;
Oliy ma'lumotli (marketing, boshqaruv, pedagogika yoki boshqa yo'nalishlar afzal);
Rus va o‘zbek tillarini yaxshi bilish (ingliz tili bilimi qo'shimcha afzallik);
Kompyuter va ijtimoiy tarmoqlarda ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish (MS Office, Instagram, Telegram);
Kompaniya maqsadlariga moslashish va mustaqil ishlash qobiliyati.
Biz taklif qilamiz:
O'z vaqtida beriladigan maosh va bonuslar;
Kasbiy rivojlanish va treninglarda qatnashish imkoniyati;
Jamoaviy iliq muhit;
Karyera bo'yicha o'sish imkoniyati;
Har xil turdagi bonuslar ( restoranga 3 kishilik vaucher, foydali ishi uchun KPI ga bog'liq bo'lmagan bonuslar)
Qanday murojaat qilish kerak?
Bizga quyidagilarni yuborishingiz kerak:
Rezyume (CV);
Motivatsion xat: "Nima uchun ushbu lavozimga mosman deb o'ylaysiz?"
Arizalarni qabul qilish muddati: [15.12.2024].
"Hayot yo'li" kompaniyasi bilan orzularingiz sari birga qadam tashlang!
Sizning natijangiz bizning yutug'imizdir!
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
11 Декабря
Ташкент
Компания "SAODAT EDU" Vazifalar: Sotuvlar bo‘limining samarali va unumli ishini tashkil etish. Talabalarni jalb qilish bo‘yicha reja...
13 Декабря
Ташкент
Компания "Luxmatras" Обязанности: Разработка стратегии продаж для достижения поставленных целей Построение структуры отдела продаж: набор,...
Вакансия размещена в отрасли