Dekan o'rinbosari
18 Ноября 2024
Zarmed Pratiksha
Город:
Самарканд
Занятость:
Полная занятость
Откликнуться
Компания "Zarmed Pratiksha"
Zarmed universiteti dekan o'rinbosarlariga ish o'rinlarini e'lon qiladi
Bizning universitetimiz jamoasiga intiluvchan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega va ma'suliyatli zamdekan (fakultet dekani o‘rinbosari) izlayapmiz! Agar siz ta'lim sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz va talabalar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz, biz sizni kutyapmiz!
Talablar:
- Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma'lumot (magistrlik darajasi afzal);
- Ta'lim sohasida kamida 2-3 yil tajriba (rahbarlik lavozimida ishlaganlar ustunlikka ega bo‘ladi);
- Talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatli tajriba;
- Tashkilotchilik va boshqaruv ko‘nikmalari;
- O‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish qobiliyati;
- Axborot texnologiyalarini yaxshi bilish (MS Office, universitet boshqaruv tizimlari).
Vazifalar:
- Fakultetning o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil qilishda dekanga yordam berish;
- Talabalar akademik faoliyatini nazorat qilish va qo‘llab-quvvatlash;
- Talabalarning ichki intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
- O‘quv jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar bilan ishlash;
- Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash.
Biz taklif qilamiz:
- Qiziqarli va mas’uliyatli ish;
- Barqaror ish haqi va qonuniy mehnat sharoitlari;
- Jamoaning professional va do'stona muhiti;
- Rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari.
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
Вакансия размещена в отрасли